Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spiegel o‘z muqovasida Yer shari bilan golf o‘ynayotgan Tramp suratini joylashtirdi
Der Spiegel nemis nashri AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qaroriga munosabat bildirdi. Nashr navbatdagi sonining muqovasiga golf klyushkasi bilan Yer shariga zarba berayotgan Tramp tasvirini joylashtirdi. Tasvirda Tramp zarbani amalga oshirayotib Yer shariga "Sen bo‘shading!" deb qichqirmoqda.
"Siz bo‘shadingiz!" iborasi Tramp boshlovchilik qilgan "Nomzod" deb atalgan realiti-shoudan keyin mashhurlashgan. Tramp hattoki bu iborani patentlashtirmoqchi ham bo‘lgan. Shuningdek, Tramp golf o‘ynashni xush ko‘rishi bilan ma'lum.
Avvalroq AQShning Berlindagi elchixonasida Trampning "Omadsiz" degan yozuvli tasviri paydo bo‘lgandi. Ekologik tashkilot faollari AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga shu tariqa munosabat bildirishgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020