Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Gruziya mintaqada demokratiya jihatdan yetakchidir
AQSh prezidenti Donald Tramp Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashviliga yo‘llagan maktubida gruzin xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi. Bu bayram 26 may kuni nishonlanadi. Gruziya hukumati matbuot xizmati maktub matnini e'lon qilgan.
«Gruziya mustaqillikka erishganidan so‘ng demokratiya sohasidagi yetakchiga aylandi, bu esa jahon xavfsizligiga foyda keltirmoqda», - deya yozgan Tramp.
Uning ta'kidlashicha, Gruziya tashqi bosimga qaramay, o‘z kelajagini aniqlashtirish tomoniga qarab aniq harakat qilmoqda.
«Qo‘shma Shtatlar xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida Gruziya suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Amerika prezidenti.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026