19:05 / 03.06.2017
6144

Turkiya Turkmanistonning gaz loyihalarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Turkiya muayyan shartlar mavjudligida Turkmaniston gazining Yevropaga tranzitini ta'minlashi mumkin, deb aytdi Turkiyaning Ashxoboddagi elchisi Mustafo Kapuju. Elchi Xalqaro energetik xartiyaning Ashxobod forumi doirasida "Anadolu" axborot agentligi savollariga javob berdi.   

"Anqara energoresurslarni yetkazishni diversifikatsiyalash siyosati doirasida Turkmanistonning gaz loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi", deb aytdi Kapuju.   

Elchi Turkiya Turkmanistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olganini va Ashxobodda elchixona ochganini eslatib o‘tdi. 

Kapujuning aytishicha, o‘tgan 25 yil ichida ikki tomonlama munosabatlarda katta taraqqiyot qayd qilingan. 

""Bir millat – ikki davlat" iborasi Turkiya va Turkmanistonga ham taalluqlidir. Ikki davlat munosabatlari yuqori darajada qolmoqda. 2013 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi eng yuqori ko‘rsatkich – 3 mlrd dollarni tashkil qilgan, biroq global inqiroz tufayli undan keyingi yillarda bu ko‘rsatkichning pasayishi kuzatilgan", deb aytdi elchi.    

Elchining ma'lum qilishicha, 2016 yil natijalariga ko‘ra, Anqara va Ashxobod o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

"Turk qurilish kompaniyalari bugungi kungacha Turkmanistonda 50 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishgan. Turkmanistonning yirik infratuzilmaviy loyihalari turk kompaniyalariga topshirilgan", deb ta'kidlab o‘tdi Turkiya elchisi.    

Top