2016 yil 15 iyul oqşomida Turkiyaning Anqara va Istanbul kabi yirik şaharlarida tanklar köçalarga çiqdi, harbiy samolyotlar poytaxt osmonida parvoz qildi. Harbiylar Yevropa va Osiyoni boğlab turuvçi Bosfor köprigini yopib qöydi, Anqaradagi parlament binosi esa bombardimon qilindi.

Bir neça soatlik sukutdan söng prezident Rajab Toyyib Erdöğan televideniye orqali videomurojaat qilib, aholini köçalarga çiqiş va töntarişga qarşilik körsatişga çaqirdi. Natijada davlat töntarişiga uriniş barbod böldi.

Turkiya hukumati uşbu voqealar uçun mas’uliyatni AQŞda yaşagan ulamo Fathulloh Gulen harakati zimmasiga yukladi. Ilgari Erdöğanning yaqin siyosiy ittifoqçisi bölgan Gulen va uning tarafdorlari ayblovlarni rad etgan. Şunga qaramay, töntarişdan keyin Gulen harakati terroristik taşkilot deb e’lon qilinib, uning minglab tarafdorlari davlat tizimidan çetlatildi.

Bugungi kunda 15 iyul Turkiyada milliy xotira kuni sifatida nişonlanadi. Ilgari Bosfor köprigi deb atalgan inşootga «15 iyul şahidlari köprigi» nomi berilgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, töntarişga uriniş vaqtida 253 kişi halok bölgan, ularning aksariyati tinç aholi vakillari edi.

Töntarişga urinişdan olti kun ötib mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Dastlab uç oyga belgilangan mazkur rejim yetti marta uzaytirilib, faqat 2018 yil iyulida bekor qilindi. Bu davr mobaynida prezident asosan favqulodda farmonlar orqali mamlakatni boşqardi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2016–2025 yillar oraliğida Gulen harakati bilan aloqadorlik gumoni bilan qariyb 390 ming kişi uşlangan, ulardan 113 ming nafari qamoqqa olingan. Şuningdek, 125 mingdan ortiq davlat xizmatçisi va harbiy işdan böşatilgan, 2 761 ta muassasa, jumladan, maktablar, jamoat taşkilotlari, jamğarmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyati tugatilgan. Töntarişga aloqadorlikda ayblangan 4 130 kişi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Siyosatşunos Ersin Kalayjiöğlining fikriça, favqulodda holat rasman bekor qilingan bölsa-da, uning boşqaruv uslubi davlat tizimida saqlanib qolgan. Uning ta’kidlaşiça, prezident farmonlarining keng qöllanişi Turkiyada hokimiyatning yuqori darajada markazlaşuviga olib kelgan.

2017 yilda ötkazilgan konstitutsiyaviy referendum esa mamlakat boşqaruv tizimini tubdan özgartirdi. Turkiya parlament respublikasidan prezidentlik respublikasiga ötdi, boş vazir lavozimi tugatildi va prezident vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi.

Bu özgarişlar muxolifat strategiyasiga ham ta’sir qildi. Prezidentlik saylovlarida ğalaba qozoniş uçun mutlaq köpçilik ovoz talab qilinişi sababli muxolifat partiyalari yagona nomzodlar bilan iştirok eta boşladi. Bu taktika 2019 va 2024 yillarda Anqara hamda Istanbul merligi saylovlarida muvaffaqiyat keltirdi.

Biroq muxolifat vakillarining köpçiligi keyinçalik jinoiy ta’qiblarga duç keldi. Ular orasida Erdöğanning asosiy siyosiy raqiblaridan biri sifatida qaralayotgan Istanbul meri Akrom Imomöğli ham bor.