Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Suriya kimyoviy qurolga va uni yaratish uchun materiallarga ega emas
Suriya kimyoviy qurolga va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallarga ega emas. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Hindistonning WION telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. Intervyu matnini Suriyaning SANA axborot agentligi chop etdi.
Asadning aytishicha, 4 apreldagi Xan-Shayxundagi kimyoviy hujum "AQSh va g‘arb davlatlari maxsus xizmatlari tomondan terrorchilar bilan birgalikda sahnalashtirilgan". "Bu Suriya davlati va uning prezidentini yomonotliq qilish uchun amalga oshirilgan", deb ta'kidlab o‘tdi Asad.
Asad Suriya ixtilofidagi eng yomon davrlar ortda qolganiga ishonch bildirdi. Uning aytishicha, mamlakat frontlaridagi vaziyat avvalgi yillarga nisbatan ancha yaxshilangan. "G‘arb va uning mintaqadagi sheriklari jinoiy to‘dalarga yordam berishni davom ettirayotganiga qaramasdan, eng yomon davrlar ortda qoldi", deb aytdi Asad.
Asad "IShID" va "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhlari chekinayotgani, ular nazorat qilayotgan hudud kamayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Asad Suriyadagi vaziyat uchun javobgarlikni G‘arb davlatlari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya zimmasiga yukladi. "Biroq ular bunga AQShning ruxsatisiz botina olmasdilar", deb qo‘shimcha qildi Suriya prezidenti.
Suriya prezidenti jangovar harakatlardan holi hududlarning yaratilishi ijobiy rivojlanish ekanligini, biroq bu hali ixtilofning siyosiy yechimi emasligini aytdi.
"Biz 2014 yilda Jyenevadagi muzokaralarga ular sermahsul bo‘lishi va real siyosiy yechimga olib kelishi umidida qo‘shilgandik, biroq hanuzgacha bu yuz bermadi. Ostonada, aksincha, qisman qandaydir natijalarga erishildi, bu esa jangovar harakatlardan holi hududlarning yaratilishida o‘z aksini topdi, biroq bu ixtilofning barcha jihatlarini hisobga oluvchi siyosiy yechim emas", deb aytdi Asad.
Asadning so‘zlaricha, Suriya ichida hukumat bir qator hududlarda mahalliy yarashuvga erishish maqsadida jinoiy to‘dalar bilan hamkorlik qila boshladi. "Biz ularga amnistiya evaziga quroldan voz kechishni taklif qildik va bunda muvaffaqiyatga erishdik. Bu Suriyada samarali yo‘l bo‘ldi", deb qo‘shimcha qildi Asad.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026