Immunoterapiya eng xavfli ko‘krak bezi saratonini yengdi
Amerikalik shifokorlar ko‘krak bezi saratonining eng xavfli shakli - uch karra salbiy ko‘krak bezi saratoni immunitetni saraton hujayralariga qarshi yo‘naltiruvchi antijismlar yordamida muvaffaqiyatli bartaraf etilgani haqida ma'lum qilishdi. Ular mazkur tajriba natijalari haqida Chikagoda, Amerika klinik onkologiya hamjamiyati konferensiyasida so‘zlab berishdi.
"Preparat biz ish olib borgan barcha bemorlarga ham birdek ta'sir ko‘rsatmadi. Biroq ularning barchasida saratonni bartaraf etish vazifasini yaxshi uddalagan va uning ta'siri uzoq vaqt davomida barqaror bo‘lgani kuzatilgan. Immunoterapiya kimyo terapiyasiga nisbatan kamroq salbiy ta'sirga ega bo‘lib, hayotni davom ettirishga kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi", - dedi Nyu-York universitetidan Silviya Adams.
So‘nggi yillarda molekulyar biologlar va tibbiyot xodimlari saraton, allergiya, diabet va boshqa bedavo kasalliklarga qarshi kurashishda immunoterapiyaga ko‘proq e'tibor qaratishmoqda. Olimlar inson immunitetini saraton hujayralariga qarshi yo‘naltirishmoqda, bunda turli antijismlar, tirik mikroblar va boshqa qator vositalardan foydalanishmoqda.
Adams va uning hamkasblari shunday turdagi ilk preparatlaridan biri - pembrolizumab bilan ishlashdi - u o‘pka saratoni, melanoma va teri saratonining boshqa turlari, shuningdek limfomaga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu antijismlar maxsus oqsillar faoliyatini bloklab, o‘simtaga emas, immun hujayralariga ta'sir ko‘rsatadi.
Bu antijismlarning boshqa turdagi saratonga qarshi kurashdagi yuqori samarasi uni ko‘krak bezi saratonining eng xavfli turlarida qo‘llab ko‘rishga turtki berdi.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024