Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Rossiya bilan chegarada to‘siq qurishni boshladi
Rossiya-Litva chegarasida himoya devorlari - to‘siqlar qurila boshlandi, deb xabar bermoqda Litva davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati.
«Joriy yil oxiriga qadar Litva tomonidan 44,6 km.lik uzunlikda devorlar quriladi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ilk shunday devor Shakyay tumani Ramonishkes qishlog‘i yaqinida paydo bo‘ladi. Bu tadbirda Litva IIV rahbari Eymutis Misyunas ham ishtirok etadi.
Ta'kidlanishicha, Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegara bo‘ylab joylarda qo‘shimcha uskunalarga ega ikki metrli balandlikda metall to‘siqlar barpo etiladi.
Kutilishicha, ishlar 2017 yilning 20 dekabriga qadar yakunlanadi.
Xabarlarga ko‘ra, Litva Rossiya bilan chegarada to‘siq qurishga 1,335 mln yevro sarflash niyatida.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026