Jahon | 09:20 / 05.06.2017
15962
3 daqiqa o‘qiladi

Putin: AQSh butun dunyo bo‘ylab siyosiy jarayonlarga faol aralashadi

Foto: NBC News

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQSh butun dunyo bo‘ylab o‘zga siyosiy jarayonlarga aralashmoqda, biroq, go‘yoki o‘z saylovlariga aralashgan Rossiyadan xafa bo‘lmoqda. RF aslida bunday xatti-harakatni amalga oshirmagan ekan. 

"Men hech kimni xafa qilmoqchi emasman, biroq, Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab boshqa mamlakatlar saylov kampaniyalariga faol ravishda aralashadi", - dedi Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “dunyoning istalgan yerida amerikalik rasmiy shaxslar ichki siyosiy jarayonlarga aralashishi haqida ko‘plab e'tirozlarni eshitish mumkin”.

"Shuning uchun kimdir, men bu biz, demoqchi emasman – biz aralashmaganmiz, - biroq agarda kimdir bu jarayonlarga aralashish yoki ta'sir etishga urinsa, unda Qo‘shma Shtatlarga hech narsadan xafa bo‘lish kerak emas. Biz aralashayotganimiz haqida gapirib, bizdan xafa bo‘layotgan kim? Sizning o‘zlaringiz har doim aralashasizlar", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Uning qayd etishicha, “bu o‘zini oqlash emas, bu haqiqatni aytishdir”.

"Har bir harakat xuddi shunday qarama-qarshi harakatga ega. Biroq, yana bir bor qaytaraman, bizga buni qilish kerak emas, sababi sizga buni bekorga aytmadim, sizga ham, OAVning boshqa vakillariga ham, yaqinda Fransiyada ham shuni aytdim: prezidentlar keladi va ketadi, hattoki hukumat tepasidagi partiyalar ham o‘zgaradi, asosiy siyosiy yondashuv esa o‘zgarmaydi. Shuning uchun Qo‘shma Shtatlarni kim boshqarishi bizga farqi yo‘q, biz nima bo‘lishini taxminan bilamiz. Shu sababdan bizning aralashuvda hech qanday mantiq yo‘q", - degan u.

AQSh kongressida ayni damda Rossiyaning mamlakat prezidentligi saylovlariga ehtimoliy aralashuvi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Shu bilan birga, Amerika OAVda Trampning saylovoldi shtabi a'zolari rossiyalik amaldorlar va tadbirkorlar bilan uchrashgani haqida ko‘p bora turli xabarlar tarqaldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid