Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 8-9 iyun kunlari Ostonadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlarining navbatdagi kengashida ishtirok etadi. Bu haqda "Axborot" dasturida xabar berildi.
ShHT davlat rahbarlari tashkilotning hozirgi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishadi. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashinadi hamda 2017-2018 yillarda tashkilot yig‘ilishiga raislik qiluvchi davlat masalasini ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, Ostonada ShHT kengashi doirasida Hindiston va Pokistonning tashkilotga a'zo davlatlar qatoriga qabul qilinishi jarayoni tugatiladi.
O‘zbekiston Prezidenti shuningdek Ostonadagi xalqaro ixtisoslashgan Expo-2017 ko‘rgazmasida ham qatnashadi va xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chexiya prezidenti Milosh Zeman bilan muzokaralar o‘tkazishiga doir xabar berilgan edi. Unda uchrashuv Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Astana Expo 2017 ko‘rgazmasi chog‘ida bo‘lib o‘tishi ta'kidlangan edi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
18:54 / 08.09.2025