Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Çexiya prezidenti Miloş Zeman bilan muzokaralar ötkazadi.

Çexiya sanoat va transport ittifoqi vakili Eva Veliçkovaning tasdiqlaşiça, uçraşuv Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Astana Expo 2017 körgazmasi çoğida bölib ötadi.

Uçraşuv mobaynida ikki davlat rahbarlari ikkitomonlar investitsion loyihalarni amalga oşiriş va savdo-iqtisodiy sohada hamkorlik masalalarini muhokama qilişadi, deyiladi xabarda.

Veliçkova duşanba kuni Miloş Zeman savdo sohasidagi faoliyat körsatuvçi 60 kişilik delegatsiyasi bilan avval Vetnam, söngra Qozoğistonda bölişini aytib ötgan.

Çexiya Respublikasi Özbekistonning Şarqiy Yevropadagi an'anaviy hamkori hisoblanadi. Sungi yillarda davlatlar örtasida ikki tomoanlama hamkorlik faollaşgan. 2015 yilda Çexiya Respublikasi parlamenti Senati raisi M.Ştex rahbarligida delegatsiya mehmon bölgan edi, 2017 yilning fevralida esa Çexiya parlamentining deputatlar Palatasi raisi Yan Hamaçek rahbarligida delegatsiya yurtimizga kelgan edi.

Eslatib ötamiz, 7–8 iyun kunlari Qozoğiston Respublikasi poytaxti Ostona şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi majlisi bölib ötadi. Sammitdan söng Astana Expo 2017 körgazmasi ötkazilişi ham nazarda tutilgan. Uşbu xabardan xulosa qiliş mumkinki, Şavkat Mirziyoyev Ostonadagi ŞHT sammitida ham iştirok etadi.