Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya NATOga rasman kirdi, Rossiya “javob choralari” bilan tahdid qilmoqda
Chernogoriya NATOning 29-a'zo davlatiga aylanib, AQShdan g‘arbiy harbiy alyansga qo‘shilish borasidagi istagi uchun maqtov oldi. Bu holat Rossiya bosimiga qaramay yuz berdi.
Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich dushanba kuni AQSh Davlat departamentida mamlakatning NATOga kirishi rasmiy marosimida ishtirok etayotgan bir paytda, Rossiya ushbu davlat hukumatining “dushmanlik kayfiyatidagi munosabatiga” nisbatan javob choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirdi va mamlakatda davom etayotgan “Rossiyaga qarshi jazavani” qoralab chiqdi.
Rossiya TIVning xabar berishicha, ro‘y bergan vaziyat uchun mas'uliyat “to‘la Chernogoriya tomonida”. Eslatilishicha, Chernogoriyaning YeIning Rossiyaga nisbatan 2014 yildagi sanksiyalarga qo‘shilishini Moskva simmetrik qadamlar sifatida qabul qilgan.
"Chernogoriya hukumatining dushmanlik kayfiyatidagi munosabati tufayli Rossiya tomoni javob choralarini ko‘rish huquqini o‘zida qoldiradi. Siyosatda ham, xuddi fizikadagidek, har qanday harakat qarama-qarshi harakatga ega", - deya ma'lum qilgan Rossiya tashqi siyosat idorasi.
Markovich marosimdan so‘ng AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan Oq uyda uchrashdi, deya aytib o‘tishgan amaldorlar. Ularning qo‘shimcha qilishicha, Chernogoriya bosh vaziri Donald Tramp bilan ko‘rishmagan.
Markovich Pensga Chernogoriya 2024 yilga kelib alyans tomonidan mudofaaga ajratiluvchi mablag‘larning manzilli miqdoriga yetishish niyatida ekanini aytdi.
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon Chernogoriyani maqtagan, hamda “ittifoqlarni tanlashga bo‘lgan suveren huquqini, hattoki tashqi kollektiv bosimga qaramay tasdiqlagani tufayli ko‘proq ma'qullashga loyiq ekani”ni aytgan.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, Chernogoriyaning alyansga qo‘shilishi umumiy tinchlik va xavfsizlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
"Bu NATOga kirishga harakat qilayotgan boshqa davlatlarga signaldir. Agarda mamlakat haqiqatdan ham islohotlarni amalga oshirsa, demokratiyani ilgari sursa, huquqiy normalarni mustahkamlasa, qurolli kuchlarni modernizatsiya qilsa va bizning kollektiv mudofaamizga ko‘mak bersa, u alyansga kirishi mumkin", - dedi u.
Chernogoriya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Yugoslaviya sobiq respublikasi NATOga kirish niyatida ekanini ma'lum qilgach yomonlashdi.
O‘tgan yilning oktabrida esa Chernogoriya Rossiya maxsus xizmatlari va mahalliy rusparast partiyalar hukumat tepasiga Chernogoriya muxolifatini olib kelish maqsadida o‘sha vaqtdagi bosh vazir Milo Jukanovichni o‘ldirish rejasini ishlab chiqishganini ma'lum qildi. Kreml ayblovlarni rad etdi.
Pensning aytishicha, AQSh G‘arbiy Bolqon davlatlarining yevroatlantik integratsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026