Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlarda pul o‘g‘irlovchi xavfli virus paydo bo‘ldi
Ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yangi xavfli virus paydo bo‘ldi. Firibgarlar mashhur aviakompaniyalar nomidan bepul aviachiptalar o‘ynalishini uyushtirib, ular foydalanuvchilarga o‘tishni taklif qilayotgan havolalar kompyuter uchun ham, foydalanuvchilar cho‘ntagiga ham zarar yetkazadi.
Foydalanuvchi xakerlar taklif qilgan havolaga o‘tib, o‘zining qurilmasini troyan virus bilan zararlaydi. Foydalanuvchi so‘ngra Facebook’da foydalanuvchi sifatida avtorizatsiyadan o‘tib, xakerlarga o‘zi haqidagi, jumladan to‘lov vositalari haqidagi ma'lumotlarni beradi hamda virusni o‘zidagi barcha kontaktlarga yuboradi va o‘z sahifasida repost amalga oshiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu yo‘l bilan olingan ma'lumot firibgarlarga foydalanuvchi yoki butun bir kompaniyadan barcha elektron mablag‘lar, jumladan, muhim shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashga yetarlilik qiladi.
Yangi virus bir necha kun avval butun dunyo bo‘ylab yuz minglab kompyuterlarni zararlagan WannaCry virusiga qiyoslandi.
Mavzuga oid
19:20 / 16.03.2026
Kasallanganlarning o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin: insoniyatni xavotirda ushlab turgan 10 ta virus
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
19:48 / 26.01.2026