Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Oq uy Rossiyadan qator sanksiyalarni martda olib tashlamoqchi bo‘lgan
Oq uy 2017 yilning martida Rossiyaning neft sektoriga nisbatan sanksiyalarni bir tomonlama yengillashtirish imkoniyatini o‘rganib chiqqan. Bunga sabab – Rossiya kompaniyalari tomonidan neft qazib olish hajmining pasayishi AQSh iqtisodiyotiga zarar keltirayotganida. Biroq, Davlat departamenti bu tashabbusni rad etgan.
Bu haqda The Daily Beast amerikalik sobiq amaldorlar va o‘rganib chiqilgan yozishmalarga asosan ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Davlat departamenti xodimlari Amerika rahbariyatini, sanksiyalarni olib tashlash AQSh energetikasiga zarar yetkazishiga ishontirishgan.
Portal manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh milliy xavfsizlik Kengashining tahlilchisi Kevin Xarrington cheklovlar effektini o‘rganib chiqqan hamda ularda mantiq yo‘q ekani haqidagi xulosaga kelgan.
«Uning nuqtai nazari shunday edi: agarda bu sanksiyalar bizning iqtisodiyotimizga zarar keltirayotgan hamda Rossiyaga minimal bosim ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda mantiq qayerda?» - deya aniqlik kiritdi manba.
Ikki nafar sobiq amaldor ma'lumotiga ko‘ra, Davlat departamenti bu murojaatni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari fonida shubhali, deb topgan.
Ta'kidlanishicha, sanksiyalarni olib tashlash haqidagi munozaralar Maykl Flinn milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng boshlangan.
Mavzuga oid
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
18:51 / 15.07.2026