17:25 / 06.06.2017
14015

Putin terrorizm uchun qamalganlarni fuqarolikdan mahrum qilish g‘oyasiga o‘z munosabatini bildirdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, qonunchilikka terrorizm uchun ozodlikdan mahrum etilganlarni fuqarolikdan mahrum qilish bo‘yicha qo‘shimcha kiritish lozimligi haqidagi fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Albatta, Konstitutsiyaviy sud bilan maslahatlashish lozim. Biroq, umuman olganda, men bunday pozitsiyani yoqlayman», - deya aytib o‘tdi Putin Rossiya davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv chog‘ida.

RIA Novosti’ning xabar berishicha, Putin bu boradagi tegishli taklif bundan avval muhokama qilinganini, shuning uchun tashabbusni kutilmagan, deb bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tgan.

19 may kuni Rossiya davlat dumasi teraktni amalga oshirish maqsadida fuqarolikni olganlardan uni mahrum qilish haqidagi qonun loyihalari to‘plamini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Top