2017 yil qaysi OTMda hujjatlarni onlayn qabul qilish joriy etiladi?

Bugungi kunda hujjatlarni elektron usulda, onlayn qabul qilish abituriyentlarga bir qancha qulaylik yaratadi. Buning uchun odatdagidek, OTMga borish, jazirama issiqda navbat kutish shart bo‘lmaydi.
Bu borada Toshkent Axborot texnologiyalari instituti dastlabki qadamni tashladi va hujjatlarni onlayn qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida mazkur usul O‘zbekistondagi boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham qo‘llanilishi to‘g‘risida savollar o‘rtaga tashlangan.
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Madjidov bu masalaga quyidagicha izoh berdi:
"Hozirda abituriyentlarning hujjatlarini masofadan turib qabul qilish katta imoniyatlarni yaratadi. Biroq bu jarayonni amaliyotga joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvalambor, abituriyentning elektron raqamli imzosi talab qilinadi. Barcha hujjatlarni talabga muvofiq shaklda imzolab, kerakli manzilga yo‘llashni bilishi kerak. Undan so‘ng, rasmiy hujjatlarni ham taqdim etish talab qilinadi. Buning uchun abituriyent yetarlicha bilim-ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, hujjatlarni onlayn topshirish uchun shunga munosib AT infratuzilmasi kerak. Agar infratuzilma tayyor bo‘lmasa, talab qilingan tezlikda ishlay olmasa, o‘qish jarayoni buzilib qoladi", - deya qayd etdi Inomjon Madjidov.
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Madjidovning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi ikki masala o‘z ijobiy yechimini topsa, kelgusida onlayn hujjat topshirish tizimi barcha OTMda joriy etiladi. Toshkent Axborot texnologiyalari institutida esa mazkur tizim sinovdan o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03
-
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi
Jahon | 07:29
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi

00:18 / 16.11.2020
Talabalar - poytaxtning asl uysizlari

17:02 / 14.11.2020