Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod munosabatlarni tiklash uchun Qatarga o‘z talablarini ilgari surdi
Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash uchun ushbu davlat hukumatiga 10 shartini ilgari surdi. Shu bilan birga, ularni bajarish uchun 6 iyun kechqurundan boshlab, 24 soatlik muhlat tayinladi. Bu haqda Saudiyaning "Axbar al-en" yangiliklar portali xabar qilmoqda.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini uzganini e'lon qildi. Ular rasmiy Doxani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni izdan chiqarishda ayblashdi. Liviyaning sharqiy hududlari hukumati, Yaman, Maldiv orollari va Mavrikiy ham keyinchalik Qatar bilan shunday yo‘l tutishdi.
Portalga ko‘ra, ilgari surilgan talablar orasida — Eron bilan diplomatik munosabatlarni zudlik bilan uzish, "Musulmon birodarlar" va XAMAS harakatlarining barcha a'zolarini chiqarib yuborish, ularning banklardagi hisob raqamlarini muzlatish hamda ushbu guruhlar bilan har qanday hamkorlikni to‘xtatish kabilar bor.
Bundan tashqari, Saudiya podshohligi Qatar hukumatidan Doxadan efirga uzatiluvchi "Al-Jazira" telekanali siyosatini va uning rahbariyatini o‘zgartirishni talab qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, telekanal dasturlari Fors ko‘rfazi va arab dunyosi manfaatlariga zid kelmasligini ta'minlashdir.
Mavzuga oid
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026
Tramp: Saudiya endi bizga «xushmuomala» bo‘lishiga to‘g‘ri keladi
10:08 / 28.03.2026