Fan-texnika | 21:07 / 07.06.2017
7659
4 daqiqa o‘qiladi

LG va London cabzavot orkestri: Xalqaro atrof-muhit muhofazasi kuni o‘z sifatingizni saqlab qoling!

Yeyishli cholg‘u asboblarida o‘ynovchi musiqachilar LG muzlatish texnologiyalari yordamida oziq-ovqat chiqindilari hajmini qanday qilib kamaytirish mumkinligini namoyish qilishmoqda

Seul, 2017 yil 6 iyun - LG Xalqaro atrof-muhit muhofazasi kunida odamlarning oziq-ovqat mahsulotlarining noratsional xarj qilinishi muammosiga doir bilimlarini oshirish, shuningdek qanday qilib yetakchi muzlatish texnologiyalari haftalar va oylar davomida mahsulotlar sifatini saqlab qolishda yordam berishini namoyish qilish maqsadida London sabzavotlar orkestrining musiqiy san'at sohasidagi iste'dodlari bilan hamkorlik qildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini noratsional xarj qilish zamonamizning eng jiddiy muammolaridan biri hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, barcha oziq-ovqatlarning deyarli uchdan bir qismi iste'molga qadar buzilib qoladi yoki tashlab yuboriladi. Har yili dunyoda ishlab chiqariladigan oziq-ovqatning taxminan uchdan biri, ya'ni 1,3 milliard tonnasi bekorga sarflanadi yoki tashlanadi. Uning qiymati sanoati rivojlangan mamlakatlarda taxminan 680 milliard tonnani tashkil qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa - 310 milliard dollarni. Bu yo‘qotishlarda meva va sabzavotlar ulushi boshqa mahsulotlarga nisbatan ko‘proq, chunki ular tez buziluvchi mahsulotlar hisoblanadi, ularda sun'iy konservantlar bo‘lmaydi.

Muzlatish texnologiyasi jamiyatni rivojlanish jarayoniga ta'sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘ldi, zero muzlatgichlarning yaratilishi va keng tarqalishi odamlarda agrar turmush tarzidan voz kechish va yanada urbanizatsiyalashgan muhitga ko‘chish imkonini berdi. Biroq hatto muzlatgichlarning imkoniyatlari ham cheksiz emas. Juda yuqori haroratlar mahsulotlar, ayniqsa tabiiy meva va sabzavotlar hatto muzlatgichda saqlanganda ham buzilishiga olib kelishi mumkin. Maksimal foyda keltirishi uchun bu maishiy uskunalar ularning ichidagi haroratni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan atrof-muhit haroratidagi o‘zgarishlardan izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak. Muzlatgich ichida o‘zgaruvchi harorat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

London sabzavot orkestri musiqachilari (LVO) musiqa yaratish uchun sarhil mahsulotlarni to‘g‘rash yo‘li orqali yeyishli cholg‘u asboblari bilan yashil simfoniyalarni yaratishadi. Uch yildan ziyod vaqt avval asos solingan orkestr Birlashgan Qirollikda o‘zining kabachok, bulg‘or qalampiri, sabzi va qovoqlardan ishlangan cholg‘u asboblari bilan musiqasevarlarni shod etib kelgan. Ularning chiqishlari o‘z cholg‘u asboblari bilan aniq tovushlarni chiqarishga bog‘liq ekan, musiqachilar har kuni sarxil sabzavotlar bilan yangi cholg‘u asboblarni yaratishlariga to‘g‘ri kelgan, zero nisbatan eskiroq mahsulotlar musiqachilar repertuariga monand notalarni chiqara olmasdi.

Biroq keyiroq London sabzavot orkestrining artistlari Inverter Linear Compressor texnologiyali LG muzlatgichlarining imkoniyatlaridan xabar topishdi. Musiqachilar o‘z cholg‘u asboblarini chiziqli kompressorli LG muzlatgichiga joylaganlarida ularning tovush xususiyatlari hattoki bir haftadan keyin ham o‘zgarmagan va o‘z sifatini saqlab qolgan. Mahsulotlarni saqlashdagi eng asosiy to‘siq issiqlik emas, haroratdagi o‘zgarishlardir. Inverter chiziqli kompressorli LG muzlatgichlari nafaqat mahsulotlarni uzoqroq saqlaydi, balki shovqin darajasining pastligi va energiya iste'molining kamligi bilan ajralib turadi. LG bunga konstruktiv o‘zgarishlar orqali erishadi, shu bilan birga mahsulotlar sifatini saqlashga ko‘proq energiya sarflaydi.

Mavzuga oid