Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh adliya vaziri iste'foga ketishga tayyorligini bildirdi
AQSh adliya vaziri va bosh prokurori Jyeff Seshns mamlakat prezidenti Donald Trampga oralaridagi turli qarashlar tufayli iste'foga chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The New York Times nashri ikki manbaga tayangan holda xabar qilmoqda.
Seshns o‘zining xizmat majburiyatlarini bajarishi uchun harakatlarida yanada erkinroq bo‘lishga muhtojligi sababli vazifasini tark etishga tayyorligini bildirgan. Ayni vaqtda, uning so‘zlariga ko‘ra, u bor kuchi bilan ishlash imkoniga egaligini sezmayapti.
Nashrning qayd etishicha, AQSh prezidenti bosh prokurorning taklifini qabul qilgan.
Avvalroq, Seshns maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqishiga barham berishini aytgan edi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026