Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Yashnobod” innovatsion texnoparki yaratiladi
Prezident tomonidan tegishli farmonga 5.06.2017 yil PF–5068-son bilan imzo chekilgani haqida mamlakat rahbarining rasmiy sayti xabar tarqatdi, deb ma'lum qildi Norma.uz.
Ma'lumot uchun: texnopark – bu alohida ajratilgan hududlardan iborat erkin ilmiy-texnikaviy zonalar bo‘lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
«Yashnobod» texnoparki yaratilishining tamoyillari quyidagilar:
• ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni inobatga olgan holda texnopark rezidentlarini butun shahar bo‘ylab joylashtirishni ko‘zda tutuvchi Toshkent shahri ichida ekshududiylik;
• ilmiy doiradagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning butun innovatsion zanjirini amalga oshirish uchun ilmiy, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalash;
• davlatning moliyaviy resurslari, ilmiy tashkilotlar va ta'lim muassasalari, tadbirkorlik sub'yektlari, tijorat banklari va xalqaro moliyaviy institutlar, donor-mamlakatlar va venchur jamg‘armalarining kredit va grantlari hisobiga innovatsion loyihalar amalga oshirilishini hammoliyalashtirish;
• ilmiy laboratoriyalar, zarur reagentlar va chiqim materiallari, patent va litsenziya olish, texnologiyalar transferi, ilmiy hamda innovatsion ishlanmalarni kommertsializatsiyalashga ko‘mak ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishning yagona infratuzilmasini yaratish.
Texnopark ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish va viloyatlarda innovatsion mahsulotlar namunalarini o‘zlashtirishga ixtisoslashadi:
• kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiy biotexnologiya, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
• materiallarni yuritish, metallarga ishov berish texnologiyalari, seysmobarqarorlik, qurilish materiallari;
• oziq-ovqat sanoati;
• energiyani tejash, muqobil va qayta ishlangan energiya manbalari, elektron o‘lchov asboblari, robototexnika, mashina qurish, elektrotexnika ishlab chiqarish.
Uning faoliyat yuritish muddati keyingi uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi. «Yashnobod» texnoparki rezidentlari maqomi tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi.
Tijorat banklari loyihalarni amalga oshirish uchun 2 yillik imtiyoz davri bilan birga 7 yilgacha bo‘lgan mudatli MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 50%lik foiz stavkasi bilan imtiyozli kreditlarni ajratadi.
Kafolat ta'minoti tariqasida sotib olinayotgan (yaratilayotgan) uskunalar hamda texnopakr direktorining kafilligi qabul qilinishi mumkin.
«Yashnobod» texnoparkining direksiyasi va rezidentlari amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bo‘yicha u faoliyat yuritadigan barcha muddatga quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi:
• yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, YaST, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish Byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
• tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xomashyo, materiallar, reaktivlar, komplekt mahsulotlar va qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojhona yig‘imlaridan tashqari).
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025