Vazirning birinchi o‘rinbosari: «Oliy o‘quv yurtlarida bunkerlar bo‘lmaydi»

Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yiliga abituriyentlar qabuli mavzulariga bag‘ishlandi.
Tadbirda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Majidov, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor Majit Karimov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Sadriddin Turobjonov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz Tuychiyev, Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar nomzodi Mansurxon Kamalov ishtirok etishdi va OAV xodimlari, ekspertlar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javob berishdi.
Ta'kidlash joizki, bugungi press-klubda barcha ko‘plab savollarga oydinlik kiritildi, spikerlar har bir savolga atroflicha, to‘liq javob berishga harakat qilishdi va bu esa anjumanning qizg‘in hamda qiziqarli o‘tishiga yordam berdi.
Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan «Joriy yil davlat imtihonlari vaqtida bunker, X-variant degan gaplar bo‘ladimi?» deb yo‘llangan savolga Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Madjidov quyidagicha javob berdi:
«Oliy ta'lim muassasalarida bunday ishlar bo‘lmaydi. Lekin tashqarida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari bu holatlarni kamaytirishdan manfaatdor».
Shu o‘rinda Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev ham bu haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi:
«Biz bugungi kundagi islohotlar davrida OTMga har tomonlama aqlli, bilimli talabalar o‘qishga kirishidan manfaatdormiz. Har bir domla darsga kirganida aqlli, idrokli, zakovatli yoshlar bilan ishlagisi keladi. Hech nimani tushunmaydigan, bunker yoxud turli yo‘llar orqali o‘qishga kirgan talabalar aslida, bu oliy o‘quv yurtlari uchun jazodir» .
Shuningdek, anjuman spikerlari ota-onalar ko‘chada o‘qishga olib kirishni va'da beruvchi firibgarlarga ishonmay, farzandlarini bilim olishga, izlanishga yo‘naltirishlarini, bu esa albatta, o‘z natijasini berishini alohida ta'kidlab o‘tishdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 10:12
-
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
Jamiyat | 09:55
-
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 09:51
-
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Jamiyat | 09:27
Mavzuga oid

02:18 / 04.04.2025
Shvetsiya yadroviy urushga tayyorlanmoqda: mamlakatda 64 mingta bunker modernizatsiya qilinadi

15:29 / 18.08.2020
Bu yilgi kirish imtihonlarida ota-onalar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi

11:31 / 17.08.2020
Imtihonga yaqin qolganda pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyent qanday yo‘l tutishi kerakligi aytildi

09:35 / 15.08.2020