Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
Isroil bosh vaziri Germaniyaga kelish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers. Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu, ammo bunday tashrifni hali rejalashtirmagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan hibsga olish uchun order berilganiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers 14 may, chorshanba kuni Berlinda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi. «Isroil bosh vaziri Germaniyaga kelish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», deya Welt gazetasi o‘z saytida Fridrix Mersning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Kanslerning aniqlik kiritishicha, Netanyahuning Germaniyaga tashrifi hozircha rejalashtirilmagan.
«U (Benyamin Netanyahu) butun mintaqadagi yagona demokratik mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan bosh vaziridir. Bu bosh vazir Germaniyaga kelish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», — dedi Germaniya hukumati rahbari. «Biz buni qanday qilib amalga oshiramiz, agar bu rejalashtirilgan bo‘lsa, biz sizga bu haqda o‘z vaqtida xabar beramiz».
Welt'ning eslashicha, Germaniya Bundestagiga 23 fevralda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlar kuni o‘sha paytdagi konservativ XDI/XSI blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod bo‘lgan Fridrix Mers Benyamin Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilib, agar Germaniyaga tashrif buyursa, XJS orderi asosida hibsga olinmaslikning «yo‘llari va vositalari topiladi» deb va’da bergan edi. O‘sha paytda bu Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) va So‘l partiyaning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Germaniya XJSning Rim statutini ratifikatsiya qilgan va 2002 yildan boshlab XJSning to‘liq a’zosi sifatida sud buyruqlarini ijro etish majburiyatini olgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026