Jamiyat | 13:36 / 08.06.2017
17669
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik akulaning unga qilgan hujumini videoga oldi

Amerikalik Parker Simpson Floridada suv ostida baliq tutayotib, o‘zi bilmagan holda katta rif akulaning hujumini videoga oldi. 

Rolikda Parker baliqni ko‘zdan kechirayotgani, qo‘lida esa gruper (yirik dengiz balig‘i)ni ko‘rish mumkin. Uning yonida do‘sti Jastin ham bo‘lgan. 

Kutilmaganda kadrda akula paydo bo‘ladi, Parker uni biroz kechroq ko‘rib qoladi. Akula u tomon suzib kelib, oyog‘ini tishlab oladi. 

"Jastin qurolni ol! U oyog‘imni tishlab oldi!", - deya baqiradi do‘stiga akula hujumidan keyin suv yuzasiga chiqqan Parker.

Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, akula aslida gruperni tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq u baliqni qo‘yib yuborganidan keyin ham hujumni davom ettirdi. Shu hujumdan keyin akula boshqa qaytmadi. 

Video oxirida Parker va Jastin qayiqqa suzib borishadi. Keyinroq qahramonning do‘sti uni shifoxonaga olib boradi, u 4 soatini shu yerda o‘tkazadi. Ma'lum bo‘lishicha, akula arteriyaga tegib ketgan va shuning natijasida Parker bir litrcha qon yo‘qotgan. 

Mavzuga oid