Jahon | 08:52 / 08.06.2017
10490
3 daqiqa o‘qiladi

Feyk xabar: Putinga tegishli soat Monakoda million dollarga sotuvga qo‘yildi

Foto: Monaco Legend

2 iyun kuni Hodinkee ixtisoslashtirilgan portali Monakodagi kimoshdi savdo lotlari ro‘yxatiga Vladimir Putinga go‘yoki tegishli bo‘lgan soat qo‘shilganiga e'tibor qaratdi. Ro‘yxat uchun Monako Legends kompaniyasi javobgar edi. Sayt xodimlarining fikricha, savdolarga 5208P – Shveytsarining Patek Pilippe firmasining “eng murakkab” ishlaridan biri qo‘yilgan.

Doimiy kalendar, xronograf, oy fazalari indikatori va oltin siferblatga ega oqoltin soat eng qimmatlardan biri ham hisoblanadi – taxminan million dollar turadi. Hodinkee ma'lumotiga ko‘ra, Patek Pilippe mahsuloti murojaat qoldirgan firmaning asosiy mijozlarigagina sotilishi mumkin.

Soat bilan birga suratga olinib, taqdim etilgan hujjatlarda uni janob Vladimir Vladimirovic Putin Watches of Switzerland rasmiy reteylerining London bo‘linmasidan sotib olgani haqida yozuv bor. Hodinkee’ning taxminicha, Rossiya prezidenti sifatida istalgan kishi o‘zini tanishtirishi mumkin bo‘lgan. Biroq, ularning so‘zlariga ko‘ra, Patek Philippe soatlari reteylerlari xaridorning haqiqiy ismini tekshirishlari talab etiladi.

Keyinchalik Bloomberg Hodinkee maqolasini o‘z saytida e'lon qildi. 5 iyun kuni esa Monakodagi kimoshdi savdosi loti haqida Fransiyaning Le Point nashri yozdi. Uning ta'kidlashicha, “hazil yoki tasodif” ehtimoli juda kam, hamda aftidan, soat aynan Putinga tegishlidir. Shundan so‘ng Rossiyadagi qator OAV Le Point’ga tayangan holda prezident qimmatbaho soatni sotuvga qo‘ygani haqida xabar tarqatdi.

Biroq auksiondagi lot Putinga tegishli ekaniga hamma ham ishonmadi. Soatlarga bag‘ishlangan Watch Alfavit saytida hujjatlardagi familiya va ismning yozilishiga e'tibor qaratishdi: Angliyada Vladimirovic emas, balki Vladimirovich, Fransiya esa – Putin emas, balki Poutine, deb yozishgan bo‘lardi.

"Faqatgina sharqiy Yevropa davlatlaridan bo‘lgan yoki lotin transkripsiyasi bilan umuman tanish bo‘lmagan inson “ch” tovushini “s” harfi bilan belgilashi mumkin. Ehtimol, bu ikki narsa bir hazilkashning o‘ziga tegishli bo‘lgan. Agarda soatlar prezidentga sotib olinganda, yozilishda xato bo‘lmasdi”, - deyiladi Watch Alfavit maqolasida.

7 iyun kuni Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov soat Putinga tegishli bo‘lgani haqidagi ma'lumotni rad etib, bu "feyk xabar"ligi ta'kidladi.

Mavzuga oid