Toshkent prokuraturasi Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha bayonot berdi
Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili, shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abduraximov so‘nggi vaqtlarda internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan voqea yuzasidan bayonot berdi.
Abduraximovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi, marhum Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan tergov ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi doirasida amalga oshirilmoqda. Ayni kodeksning 23-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonda hech kim sudning
kuchga kirgan qonuniy hukmi e'lon qilinmaguncha jinoyatchi deb hisoblanmaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy saytida holat bo‘yicha ma'lumot berildi. Qonunda tergov siri degan tushuncha bor. Tergovga ta'sir qilmasligi uchun hozir ortiqcha ma'lumot berolmayman. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa shundan iboratki, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha barcha holatlar va tergovga aloqador barcha shaxslarga, harakatlarga huquqiy baho beriladi”, - dedi Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimov shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Prokuror o‘rinbosarining aytishicha, tergov jarayoni 3 oygacha davom etishi ehtimol. Biroq, IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning oydinlik kiritishicha, qonunchilikda ayrim hollarda tergov ishlari 5 oy va hatto 7 oygacha davom etishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
16:49 / 16.10.2024