Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev: ShHT bankini tashkil etish vaqti keldi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev ShHT davlat rahbarlari Kengashining Ostonada bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida tashkilot bankini tashkil etish bo‘yicha fikrlarini ilgari surdi. «Savdo-iqtisodiy rivojlanishni samarali taraqqiy ettirish mintaqada barqaror va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi va shunga ko‘ra, ShHT bankini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi», — dedi Qirg‘iziston davlat rahbari. Bu haqda 24.kg yangiliklar agentligi xabar qilmoqda.
Almazbek Atamboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston — ShHTni tashkil etgan davlatlardan biri sifatida avvalboshdanoq tashkilot banki tashkil etilishi va uning qarorgohi Bishkekda joylashishini ilgari surib kelayotganiga e'tibor qaratgan.
U, shuningdek, Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini ham yodga olib, infratuzilmalarni rivojlantirmasdan turib, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirib bo‘lmasligini ta'kidladi.
«Bu g‘oyalar ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasi va BMTning 2030 yilgacha barqaror taraqqiyot kun tartibi bilan uyg‘undir. Shu munosabat bilan men Xiitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi muhimligini e'tirof etmoqchiman. Biz a'zo davlatlarning turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturini ham qo‘llab-quvvatlaymiz», — degan Qirg‘iziston yetakchisi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026