Nazarboyev ShHT erkin savdo hududini tashkil etish fikrini ilgari surdi
Nazarboyev ShHT erkin savdo hududini tashkil etish g‘oyasini bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz. Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda chiqish qilgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ShHT doirasida kooperatsiya masalasiga asosiy e'tibor berish kerakligini muhim deb hisoblamoqda.
"Buning uchun yangi institutsional imkoniyatlar ishlab chiqilmoqda. Birinchidan, ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro avtomobil tashishlari uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi. Mamlakatlarimizning tranzit-transport salohiyatidan foydalanish, shuningdek, ShHT yo‘llarini rivojlantirish borasida ishlab chiqilayotgan dasturlarga turtki beradi", - deb qayd etgan davlat rahbari.
"Ikkinchidan, mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini YeOII va "Ipak yo‘li iqtisodiy makoni" loyihalarining o‘zaro bog‘liqligi nuqtainazaridan ijobiy baholaymiz", - deb qayd etgan Qozog‘iston yetakchisi.
"Istiqbolda o‘zaro savdo hajmining o‘sishi ShHT erkin savdo hududini barpo etishga asos bo‘lishi mumkin. Bunda mamlakatlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan o‘zaro iqtisodiy hamkorlik sohalarida bosqichma-bosqich harakatlanishlari mumkin", - deya yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat qilgan Nazarboyev.
ShHT (kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha hamkorlar bilan birga) – dunyo aholisining 50 foizga yaqini yoki 3 milliarddan ortig‘i istiqomat qiluvchi yirik tashkilotdir. Unga O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kiradi. Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston tashkilot kuzatuvchilaridir. Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja qirolligi, Nepal, Turkiya va Shri-lanka muloqot bo‘yicha hamkorlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024