Shavkat Mirziyoyev ShHT tarkibi kengayishi borasida fikr bildirdi
Hindiston va Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga to‘laqonli a'zo davlatlar sifatida qabul qilinishi - tarixiy qarordir. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammiti chog‘ida gapirgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifni «ShHT oilasi»ga qabul qilingani bilan tabriklar ekan, Shavkat Mirziyoyev mazkur ikki davlatning tashkilotga a'zo bo‘lishi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun butkul yangi imkoniyatlarni taqdim etishini ta'kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti bugungi kunda ShHT mintaqada tinchlik va xavfsizlik, farovonlik va barqaror rivojlanishni ta'minlashni maqsad qilgan davlatlarning nufuzli hamjamiyati sifatida shakllanganini qayd etdi.
Mavzuga oid
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
18:58 / 17.08.2024
Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi
15:39 / 08.07.2024
ShHT yana kengaydi. Bu tashkilotning amaliy emas, deklarativ xarakterini kuchaytiradimi?
18:48 / 04.07.2024