Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTga a'zo mamlakatlar xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashadi
Ostonada bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida tashkilotga a'zo mamlakatlar xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashishga doir hujjatni imzolashadi. Bu haqida yig‘ilish davomida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bergan ma'lumotga asoslanib, Today.kz nashri xabar berdi.
"Bugun ShHT faoliyati geosiyosatning so‘nggi talablari, jahon iqtisodiyotining asosiy trendlarini inobatga olmoqda, barcha qo‘shma qarorlarni samarali amalga oshirishda asosiy maqsadlarga bosqichma-bosqich erishish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Yangi chaqiriqlar, barqarorlik va xavfsizlik tahdidlarini yengib o‘tish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, mazkur sammit doirasida xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha bayonot qabul qilish, shuningdek ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani imzolash rejalashtirilmoqda. Bu ShHTning global jaholatga qarshi kurashda qo‘shgan sezilarli hissasi bo‘ladi", - dedi Nazarboyev.
Shuningdek davlat rahbari umuman olganda yig‘ilish kun tartibi nafaqat tashkilotlar, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb masalalarni keng qamrab olganini ta'kidladi.
"Bu bilan ShHTning a'zolarining tor doiradagi yig‘ilishini ochiq deya e'lon qilmoqchiman", - deya qo‘shimcha qildi QR prezidenti.
Ta'kidlash joizki, Qozog‘iston poytaxtida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibiga ShHTga yangi a'zolar - Hindiston va Pokistonni qabul qilish masalasi qo‘yilgan. Yig‘ilish ochilishida Nazarboyev o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyevni ilk bor ShHT sammitida ishtirok etayotgani bilan qutladi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
23:19 / 16.02.2026