O‘zbekiston | 14:45 / 10.06.2017
7578
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Lyuksemburg tashqi ishlar vaziriga maktub yubordi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Lyuksemburgning Tashqi ishlar va Yevropa ishlari bo‘yicha vaziriga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

“Men Sizni mamlakatlarimiz tarixidagi muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdan chin dildan mamnunman”, - deyiladi maktubda.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston an'anaviy mustahkam do‘stlik, o‘zaro tushunish va hurmatga asoslangan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni juda qadrlaydi.

“Ishonchim komilki, siyosiy aloqalarni yanada kengaytirish, xalqaro maydonda o‘zaro qo‘llab quvvatlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomon manfaatlariga mos keladi. Lyuksemburg jahonning peshqadam davlatlaridan biri hisoblangan investitsion faoliyat va bank-moliya sohalari bizda katta qiziqish uyg‘otadi”, - deya davom etgan Komilov o‘z maktubida.

Munosabatlarning mavjud asosini mustahkamlash va o‘zaro qiziqish kasb etuvchi barcha sohalarda samarali hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston tomoni Lyuksemburg bilan ishonchli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani aytildi.

Mavzuga oid