Jamiyat | 20:32 / 10.06.2017
19688
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda berahm ona tomondan mashinada uzoq vaqtga qoldirib ketilgan ikki qizcha olamdan ko‘z yumdi

Foto: Getty Images

AQShning Texas shtatida murg‘akkina opa-singil 19 yoshli onasi tomondan 15 soatga mashina ichida qoldirib ketilgandan keyin olamdan ko‘z yumdilar.

Politsiya biri 2 yoshda, ikkinchisi 1 yoshda bo‘lgan qizchalarning onasiga ayblov e'lon qildi. 

"Amanda Xokins 33 daraja issiqda qizlarini mashinada qoldirib, o‘zining 16 yoshli tanishi bilan do‘stlarinikiga mehmonga kirib ketgan. Ona 15 soatdan keyin avtomobil yoniga qaytganda, qizlarini hushsiz holda aniqlagan, biroq ularni darhol shifoxonaga olib bormagan. Buning o‘rniga badbaxt ona qizlarini suvda cho‘miltirib, hushiga keltirmoqchi bo‘lgan. Biroq ayblanuvi bu harakatlari befoyda ekanligini tushungach, shifokorlarga murojaat qilgan", deb ma'lum qilindi Kerr okrugi sherifi boshqarmasida. 

Ko‘ngilxushlik qilishni qizlaridan ustun qo‘ygan ona shifoxonaga kelganda, qizlari bilan ko‘lda dam olayotganda, qizchalar qandaydir gullarni hidlab hushlarini yo‘qotishganini aytgan. Shifokorlar qizlarning hayotini saqlab qolisha olmagan va ayolning gaplariga ishonishmagan, chunki u farzandlarini shifoxonaga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelgan. Politsiyada esa ayol barchasini tan olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid