Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng yirik beshta IT-kompaniyasi bir kun ichida 100 mlrd dollar yo‘qotdi
AQShning texnologik kompaniyalari "katta beshtaligi" – Facebook, Amazon, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari 9 iyundagi savdolar natijalariga ko‘ra kutilmaganda 100 mlrd dollarga arzonlashib ketdi.
Apple aksiyalari 774,86 mlrd dollar kapitallashuvga ega bo‘lgan holda 3,88 foizga arzonlashdi va bir donasi narxi 148,98 dollarni tashkil qildi. Alphabet aksiyalari 665,57 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,41 foizga (bir aksiya narxi 949,83 dollar), Microsoft aksiyalari 539,61 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 2,27 foizga (bir aksiya narxi 70,32 dollar), Amazon aksiyalari 467,7 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,16 foizga (bir aksiya narxi 978,31 dollar) va Facebook aksiyalari 438,07 mlrd dollarlik kapitallashuv bilan 3,3 foizga (bir aksiya narxi 149,6 dollar) arzonlashib ketdi. Bu kompaniyalar aksiyalari umumiy hisobda 97,65 mlrd dollarga arzonlashib ketdi.
The Bahnsen Group mutaxassisi Devid Bansenning fikricha, bu kompaniyalar aksiyalari avval "aslidan ancha qimmat narxda sotib olingan". Bu yo‘qotish Apple uchun 14 oy ichidagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi, deb ta'kidlamoqda The New York Times nashri.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026