Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antoniu Guterrish Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yishdan boshlandi.



Shundan so‘ng, Bosh kotib delegatsiyasi Islom Karimov ko‘chasidan o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasiga kirib bordi.

Antoniu Guterrish Samarqand shahrining “Yuksalish” mahallasida mahalliy fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdi. Mahalla vakillari O‘zbekistondagi o‘ziga hos “mahalla” instituti va uning ijtimoiy jarayonlardagi ahamiyati haqida batafsil so‘zlab berishdi. Uchrashuvda mahallada istiqomat kilayotgan turli millatlar vakillari ham ishtirok etishmoqda.

BMT Bosh kotibining Samarqandga tashrifiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamrohlik qilmoqda.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026