Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Avval xabar berilganidek, Samarqand shahrida 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo‘ldi.
Shu kuni davlat rahbari Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Taomilga binoan Qur'on tilovat qilindi.
Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.
Prezident qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Qurilish loyihasiga ko‘ra, Hazrati Xizr maqbarasi atrofida milliy me'morlik an'analari asosida qo‘shimcha ayvonlar, choyxona qurilmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda. Davlat rahbariga mazkur qurilish obe'ktlarining loyihalari haqida so‘zlab berildi.
Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Ayvonlar maqbara bilan hamohang bo‘lishiga alohida e'tibor qaratish zarurligini qayd etdi.
Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024