Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR qit'alararo ballistik raketani uchirishga hozirlik ko‘rmoqda
KXDR yaqin orada qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning markaziy nashri Rodong Sinmun yozmoqda. Nashrning yozishicha, "Pxenyanning bir necha bor muvaffaqiyatli o‘tkazgan strategik qurollar sinovi QBRni uchirish vaqti yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda".
"Muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu tasnifdagi raketa sinovi AQShning xalq respublikasiga nisbatan dushmanona siyosati barbod bo‘lganini anglatadi", - deb qayd etadi gazeta.
Rodong Sinmun gazetasiga ko‘ra, Vashington "yadro quroliga ega bo‘lgan va QBRga ega davlat bilan urusha olmaydi".
AQSh QK shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford KXDR qachonlardir qit'alararo ballistik raketani uchirishini qayd etgan edi. Uni yadro kallagi bilan birga qo‘llash ehtimoli "Vashington tashvishiga sabab bo‘lmoqda".
9 iyun kuni KXDR mamlakat sharqiy sohilida qanotli kemalarga qarshi yangi turdagi raketani sinovdan o‘tkazgan edi.
KMTA axborot agentligining xabar qilishicha, Yapon dengizidagi "ular belgilangan nishonlarga aniq tekkan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026