Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch amerikalik ayol AQSh va Kuba o‘rtasidagi bo‘g‘ozni serfing doskasida suzib o‘tishdi
Foto: NTV
Uch amerikalik ayol AQSh va Kuba o‘rtasidagi Florida bo‘g‘ozini ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi totuvlik va hamfikrlik uchun bir dona serfing doskasida suzib o‘tishdi.
33 yoshli qutqaruvchi Sintiya Agilar va ikki maktab o‘qituvchisi – 43 yoshli Eymi Spektor va 53 yoshli Karen Figeroa Kuba va AQShni ajratib turuvchi 180 km lik Florida bo‘g‘ozini 23 soat-u 27 daqiqada suzib o‘tishdi.
Ayollarning aytishicha, ayollar har ikki soatda almashib turishgan. Ulardan biri serfing doskasida o‘tirib yoki yotib qo‘llari bilan eshgan vaqtda qolgan ikkisi ularga hamrohlik qilgan qayiqda dam olishgan. Ayollarning aytishicha, ular yo‘l oxirida toliqqanlari sababli tez-tez almashib turganlar.
Mayamining WPLG telekanalining ma'lum qilishicha, ayollar Gavana g‘arbidagi "Marina Xeminguey" yaxt-klubidan start olib, Floridadagi Ki-Uest shahriga yetib kelishgan.
Ayollardan biri – Sintiya Agilarning buvisi Kubada tug‘ilgan. Ayol Mayamidagi plyajda qutqaruvchi bo‘lib ishlaydi.
"Sayohatimiz Kuba va AQSh xalqlari o‘rtasida totuvlik va hamfikrlik yo‘lida hamda saratondan aziyat chekuvchilar va nogiron sportchilarga mablag‘ yig‘ish maqsadida amalga oshirildi", deb aytgan Agilar.
Florida bo‘g‘ozini serfing doskasida birinchi bo‘lib 2013 yilda amerikalik Ben Frayberg suzib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:21
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
14:27
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
12:41