Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobodda “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etadi
2017 yilning 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etadi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligidagi forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashishadi.
Ta'kidlash joizki, BMTning aksilterror strategiyasi tashkilot a'zolari tomonidan 2006 yilning 8 sentabrida qabul qilingan edi. U terrorizmga qarshi kurashda milliy, mintaqaviy va xalqaro kuchlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan hujjat hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026