Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada saylovlarning ilk natijalari e'lon qilindi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan tuzilgan "Olg‘a, respublika" harakati Fransiya parlamentining quyi palatasi – Milliy kengashga saylovlarda yetakchilik qilmoqda. Bundan Fransiya ichki ishlar vazirligining saylov natijalari bo‘yicha taqdim qilgan ilk ma'lumotlari darak bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Makron harakati nomzodlari 26,6 foiz ovoz to‘plaganlar. Fransiyaning eng yirik muxolif partiyasi "Respublikachilar" 16,4 foiz, Marin Le Penning "Milliy front" partiyasi 14,4 foiz, Jan-Lyuk Melanshonning "Zabt etilmagan Fransiya" partiyasi 10,2 foiz va "Sotsialistik partiya" 7,3 foiz ovoz to‘plagan.
Nomzodga 1-turda g‘olib bo‘lish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz kerak bo‘ladi. Ushbu shart bajarilmagan hududlarda bir xaftadan keyin, ya'ni 18 iyunda saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi. Unda eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026