Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston Norvegiyaga Yevropadagi istiqbolli hamkor sifatida qaraydi» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan norvegiyalik hamkasbi Borge Brendega tabrik yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abdulaziz Komilovning O‘zbekiston «Norvegiyaga Yevropadagi istiqbolli hamkor sifatida qarashi va u bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishi»ni ta'kidlagan.
«O‘zbekiston Norvegiya bilan siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, hamda ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va san'at sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni ko‘zlaydi.
Aminmanki, hurmat va o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston—Norvegiya munosabatlari xalqlarimiz farovonligi va manfaatlari uchun rivojlanishda davom etadi», degan vazir.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
10:35 / 25.04.2026