Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi, F guruhi. Slovakiya Litvani yengib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Yevropada 2018 yilgi jahon chemionati saralashi doirasida F guruhida uchinchi uchrashuv ham yakunlandi.
Slovakiya Litva ustidan muhim g‘alabaga erishdi. Vilnyusdagi «LFF — Vetra» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
32-daqiqada Vladimir Vayss Marek Hamshikning pasidan keyin hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Hamshikning o‘zi Litva darvozasini ishg‘ol etdi. O‘yin oxirida Arvidas Novikovas bitta javob golini yo‘lladi.
Bu g‘alabadan keyin slovaklar ochkolari sonini 12taga yetkazdi va Sloveniyani quvib o‘tib, 14 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan Angliyadan keyingi ikkinchi o‘ringa joylashdi.
JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur
Litva – Slovakiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 32 Vayss, 0:2 – 58 Hamshik, 1:2 – 90 Novikovas.
Litva – Zubas, Kiyanskas, Slavitskas, Borovskis, Klimavichyus, Kuklis, Slivka (Dapkus, 75), Chernyx, Valskis (Matulyavichyus, 72), Shyarnas, Novikovas.
Slovakiya – Dubravka, Pekarik, Dyuritsa, Shkrtel, Shkrinyar, Mak (Rusnak, 77), Hamshik, Duda (Benesh, 90), Gregush, Vayss, Gubochan (Domber, 58).
Ogohlantirishlar: Valskis (35), Shkrtel (40), Shkrinyar (42), Klimavichyus (57), Shyarnas (69), Dyuritsa (90).

Mavzuga oid
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026
Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin Diter Bolen Litvada konsersiz qoldi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
11:35 / 13.03.2026