Jamiyat | 18:33 / 12.06.2017
19982
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomashinalarni tunab yurgan ashaddiy jinoyatchi qo‘lga olindi

Buxoro shaxrida yashovchi Sh.Elmurodov Buxoro shahar IIBga ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs Mirdo‘stim ko‘chasidagi “Qo‘shmadrasa” masjidi oldida  turgan “Neksiya” rusumli avtomashinasining old yo‘lovchi eshigini g‘ayriqonuniy ravishda ochib, haydovchi o‘rindig‘i ostidan 450.000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini bildirgan, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar, Sheyxon ko‘chasi 66-uyda yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan 4 marotaba sudlangan Nazarov Sulaymon Sultonovich sodir qilganligi aniqlangan. 

Shuningdek, S.Nazarov tomonidan Buxoro shahri hududida qarovsiz qoldirib ketilgan juda ko‘plab avtomashinalardan turli o‘g‘riliklar sodir etilganligi, jumladan, Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi 8/2-uyning orqa tomonida turgan “Lasetti” rusumli avtomashinadan 463.000 so‘m pullarni,  Sheyxon ko‘chasi 5/6-uyning oldida turgan “Neksiya” rusumli avtomashinadan 100.000 so‘m naqd pul, 150 AQSh dollari, 40 Rossiya rubli va avtomashinaning orqa yukxonasida bo‘lgan 900.000 so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan. 

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga sharoit va imkon yaratib bergan omillar, shuningdek, S.Nazarovning hatti-harakatlari Buxoro shahar Piridastgir masjidi oldida aholi va mahalla faollari o‘rtasida muhokama qilinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarga, ayrim fuqarolarimiz ongida shakllangan loqaydlik, beparvolik kabi illatlarga barham berish borasida tushuntirishlar olib borildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid