Jamiyat | 18:49 / 12.06.2017
8161
2 daqiqa o‘qiladi

Kollej talabasi o‘g‘irlik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Buxoro shahrida yashovchi A.Qodirov, A.Jomiy ko‘chasida joylashgan 8/2-sonli uyning birinchi qavatidagi tomarqa yer maydonida o‘rnatilgan temir panjaraga o‘zining bahosi 1.200.000 so‘mlik “Desna” rusumli velosipedini qulflagan holda qoldirib, yuqori qavatda joylashgan xonadoniga kirib ketadi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Ertalab turib ne ko‘z bilan ko‘rsinki, velosipedini qoldirgan joyda uning sindirilgan qulfi turibdi, xolos. Uzog‘ini yaqin qiladigan velosipedi o‘g‘irlab ketilganligini fahmlagan A.Qodirov Buxoro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng, xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, Buxoro iqtisod va bank kollejining 3-bosqich talabasi Oripov Shohruz Vahob o‘g‘li sodir qilganligi, gumonlanuvchi bilan surishtiruv ishlari olib borilganda uning tomonidan Buxoro shahrida ko‘plab velosipedlar o‘g‘irlanib, sotib yuborilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda nisbatan Sh.Oripovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e'lon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid