Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada halokatga uchragan samolyotning yana 26 yo‘lovchisi jasadi topildi
Andaman dengizda Myanma QKning halokatga uchragan harbiy samolyotida bo‘lgan yana 26 insonning jasadi topildi. Shu tariqa, aviahalokat qurbonlari soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Qutqaruvchilar shu paytga qadar 26 erkak, 23 ayol va to‘qqiz nafar bolaning jasadini suvdan chiqarib olishgan, yana bir jasad qoldiqlari kimga tegishli ekani aniqlangani yo‘q.
Myanmaning janubiy qirg‘oqlari yaqinida qidiruv amaliyoti davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni Myanma qirg‘oqlarida harbiy samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 122 kishi, jumladan, 15 nafar bola bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026