Jamiyat | 13:03 / 12.06.2017
10637
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga marixuana moddasini sotish maqsadida olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 10 iyun kuni taxminan soat 15:05 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, «Damas» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi Alisher Sultanovich Saparov yonida og‘irligi 220,33 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini Toshkent shahriga sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Saparovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid