Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV rahbari: Ukrainaga kelayotgan rossiyaliklar bu haqda oldindan xabardor etishi lozim
Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin rossiyaliklarga mamlakatga tashrif buyurish rejasi haqida oldindan xabardor etish majburiyatini yuklash taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda «Interfaks-Ukraina» mahalliy televideniyega asosan.
«Mana siz turli davlatlarga borasiz, hamda internetga kirib: 5 kundan so‘ng kelaman, deysiz – rossiyalik fuqarolar Ukrainagan borishdan oldin shunday qilishlari kerak. Tegishli asosni yaratish va mamlakatga kirib kelishni nazorat qilish lozim», - dedi u.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, bunday tizimni yaratishga bir necha oy vaqt ketadi.