Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:45 / 12.06.2017
30941
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Tramp o‘ziga notanish bo‘lgan kishilarning to‘yiga kirib keldi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga notanish bo‘lgan juftlikning to‘yiga kirib bordi. Marosim davlat rahbariga tegishli bo‘lgan golf-klubda o‘tkazilgan. Video CNN tomonidan e'lon qilindi.
Mehmonlar Amerika rahbari tantanali marosimga kelishi haqida avvaldan bilishmagan. Ular maxfiy xizmat xodimlari paydo bo‘lishgach, bundan xabar topishdi. Xodimlar prezidentning kelishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishdi hamda uning xavfsizligini ta'minlashdi. Tramp kelin-kuyovning ismi bilan qiziqdi va ular bilan birga suratga tushdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish