11 iyun kuni Toshkentda 5 ta YTH ro‘y berdi, 1 inson vafot etdi
2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 4 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
2017 yilning 11 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlari tomonidan jami 2306 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 559 tasini qo‘pol turdagi, 8 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 11 iyun kuni jami 1175 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 589 tasini svetoforning ta'qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 586 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024