Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Qatardagi elchisi o‘z lavozimini tark etmoqda
AQShning Qatardagi elchisi Dana Shell Smit o‘z lavozimini tark etayotgani haqida ma'lum qildi.
"Bu oyda men AQShning Qatardagi elchisi sifatidagi faoliyatimni yakunlayman. Bu hayotimning eng katta qismi bo‘ldi va men bu ajoyib mamlakatni sog‘inaman", - deb yozdi u o‘z Twitter'ida.
Diplomat uning bu qarori arab davlatining atrofidagi muammolar bilan bog‘liq yoki yo‘qligiga to‘xtalmadi.
5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Liviya, Maldiv va Mavrikiy Respublikalari Qatarni terrorizm va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlarni uzish haqida ma'lum qilishdi. Keyinroq ularning safiga Mavritaniya va Komor orollari qo‘shildi, Iordaniya va Djibuti esa Diplomatik vakolati darajasini pasaytirdi.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
20:02 / 14.07.2026