Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yaxshi va yomon aeroportlari ma'lum qilindi
Buyuk Britaniyaning to‘rtta aeroporti dunyoning eng yomon havo qo‘nalg‘alari reytingidan joy oldi, deb xabar bermoqda Sky News.
Ro‘yxat reys ushlanib qolganda tovon puli to‘lash masalalari bilan shug‘ullanuvchi AirHelp kompaniya tomonidan yo‘lovchilarni so‘rovdan o‘tkazish asosida tuzildi.
Reytingda eng yomon aeroport sifatida Kuvayt xalqaro aeroporti e'tirof etildi.
Ikkinchi o‘rinni Londonning Gatviki egallagan bo‘lsa, uchinchi – Britaniyaning Manchesteri aeroporti, to‘rtinchi – AQShdagi Nyuark, beshinchi – Buyuk Britaniyadagi Stansted, oltinchi – Shotlandiyadagi Edinburg, yettinchi – Hindistondagi Mumbay, sakkizinchi – BAAdagi Dubay, to‘qqizinchi – Bangkokdagi Suvarnabxumi, o‘ninchi pog‘onani esa – Hindistonning Dehlisidagi aeroport band etdi.
Shuningdek, kompaniya eng yaxshi aeroportlar ro‘yxatini ham tuzib chiqdi: birinchi o‘rin – Singapurdagi Changi, ikkinchi – Germaniyadagi Myunxen, uchinchi – Hongkong aeroporti, to‘rtinchi – Daniyaning Kopengageni, beshinchi pog‘ona – Finlyandiyaning Xelsinkisidagi aeroportga nasib etdi.
Mavzuga oid
14:12 / 21.01.2026
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi yuritiladi
09:58 / 21.01.2026
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar soni 15 milliondan oshdi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
07:44 / 19.01.2026