Jamiyat | 15:57 / 13.06.2017
8245
3 daqiqa o‘qiladi

Yog‘li taomlar Altsgeymer kasalligi rivojlanishini tezlashtiradi

Foto: Google Images

Yog‘li va yuqori kaloriyali taom iste'moli Algeymer kasalligining rivojlanishini tezlashtiradi va ularning genlardagi xavfli mutatsiya tashuvchilarida paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi. Olimlar Journal of Neuroscience'da taqdim etgan maqolasida shu haqda so‘z boradi

"APOE4 mutatsiyasi Altsgeymer kasalligi rivojida eng ahamiyatli xavf omili hisoblanadi, biroq uning hamma tashuvchilari ham bu kasallik qurboni bo‘lavermaydi. Bu uning rivojlanishida boshqa ba'zi omillarning aralashuviga ishora qiladi. Biz G‘arb parhezi natijasida ortiqcha vaznning to‘planishi APOE4 tashuvchilarida Altsgeymer kasalligi rivojiga turtki berishini aniqladik", - deyishdi Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari Aleksandra Mozer va Kristian Payk. 

Moddalar almashinuvi, xolesterin hamda organizmdagi boshqa yog‘larning aylanishi bilan bog‘liq gen hamda APOE oqsili miya va boshqa organlar hujayralaridagi eng muhim molekulalar sirasiga kiradi. So‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu gendagi mutatsiyalar Altsgeymer kasalligi, aterskleroz va boshqa ba'zi kasalliklarning rivojlanishi bilan bog‘liq ekan. 

Masalan, sayyora aholisining taxminan 10-12 foizida mavjud APOE4 mutatsiyasi Altsgeymer kasalligi rivojlanish xavfini uch barobarga oshiradi. Ikki APOE nusxasida bunday mutatsiya kuzatilganda kasallik rivoji xavfi 12 karraga oshadi, ya'ni ularda Algeymer kasalligidan qochishning deyarli iloji bo‘lmaydi. 

Mozer va Payk bu borada sichqonlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Ulardagi APOE geni inson versiyasiga almashtirildi. Kemiruvchilarning yarmi DNK hududining normal nusxalariga ega bo‘lishdi, qolgan sichqonlar esa - APOE4.

Sichqonlarning hayotini kuzatgan biologlar Altsgeymer kasalligining rivojlanishi sababi va uni bartaraf qilish usullarini izlashdi. Masalan, ular sichqonlarning miya faoliyati va strukturasidagi farqlarni o‘rganish maqsadida ularni normal va rivojlangan mamlakatlar parheziga xos bo‘lgan yog‘li hamda yuqori kaloriyali taomlar bilan boqishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, APOE4 tashuvchilarida Altsgeymer kasalligining rivojlanishiga ortiqcha vazn sabab bo‘lgan - yuqori kaloriyali taomlar bilan oziqlangan va semizlikdan aziyat chekuvchi kemiruvchilar miyasida APOE normal versiyasiga ega sichqonlarning asab hujayralaridagiga nisbatan zararli molekulalar ancha tez to‘plangan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid