22:29 / 13.06.2017
69822

Internetda afsonaviy Bryus Lining haqiqiy bellashuvi videosi paydo bo‘ldi

Internetda afsonaviy Bryus Lining aralash jang san'ati (MMA) qoidalari bo‘yicha o‘tkazgan haqiqiy jangining yagona videosi paydo bo‘ldi. Bu videorolik YouTube’dagi Bruce Lee Central kanalida joylashtirilgan. 
  
Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, video Li Kaliforniyada asos solgan Djit Kun-Do maktabida suratga olingan. Bryus Li o‘z shogirdlari bilan muntazam ravishda jang uyushtirib turgan. Videoda Lining o‘z shogirdi Ted Vong bilan jangi muhrlangan.

Rolik ikki kun ichida 7 mln dan ko‘proq namoyish yiqqan. Jangchilarda himoya kiyimi va niqoblar bo‘lganiga qaramasdan, Bryus Li muxlislari uni ungagina xos bo‘lgan noyob kurash texnikasidan taniy olganlar.

Mavzuga oid
Top